Hindistonda start olgan World Boxing kubogi bahslari yakunlandi!
14-20 noyabr kunlari Nyu-Dehli shahri World Boxing tashkiloti kubogi bahslarining final qismiga mezbonlik qildi. Bugun musobaqaning final janglari bo‘lib o‘tdi. Yakunlarga ko‘ra terma jamoamiz 4 ta oltin, 5 kumush va 4 ta bronza medallari bilan yurtimizga qaytadigan bo‘lishdi.
Oltin medal:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-55 kg. Samandar Olimov
-75 kg. Javohir Abdurahimov
+90 kg. Halimjon Mamasoliev
Kumush medal:
-85 kg. Jasurbek Yo‘ldoshev
-90 kg. Nusratbek Tohirov
-48 kg. Farzona Fozilova
-70 kg. Aziza Zokirova
+81 kg. Oltinoy Sotimboeva
Bronza medal:
-60 kg. Dilshod Abdumurodov
-65 kg. Adham Muxiddinov
-70 kg. Muhammadazizbek Ismoilov
-51 kg. Gulsevar Ganieva
Murabbiylar: Rahmatjon Ro‘ziohunov, Elshod Rasulov, Alimardon Dostanov, Botir Mahmudov, Ozod Hasanov, Barbaro Fernandez Ximenez, Azim Xudayqulov, Istam Kabinov.
Jamoa menejeri: Mirzohid No‘monov.
Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto
Kubok bahslarida Maruf Urdushev hakam sifatida faoliyat olib bordi.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar