
Hindistonda sambo bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi(Fotogalareya)
Habaringiz bor, joriy yilning 12-16 sentyabr kunlari Hindistonning Dehli shahrida sambo bo‘yicha kattalar( erkaklar va ayollar) va o‘smirlar (bolalar va qizlar) o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.
13 sentyabr kuni mazkur qit’a birinchiligining tntanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va “Shaheed Vijay Singh Pathik”sport majmuasida Osiyo chempionatiga start berildi. Ushbu turnirda qit’aning 22 mamlakatidan sportchilar g‘oliblik uchun bahsga kirishishgan.
Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi ham to‘liq tarkibda ishtirok etadi. Ochilish marosimida Hindiston va Bangladeshdagi muxtor elchimiz Farhod Orziev, Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullaev hamda O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi prezidenti Alisher Alimovlar ham ishtirok etdilar.
Musobaqa natijalarini bizda kuzatib boring!
Fikrlar