
Hindiston OTJ bosh murabbiyi: Biz hali kurashdan chiqmadik
"Bugungi o‘yinda bizga tajriba etishmadi. O‘zbekistondagi ob-havoga moslashib olmaganimiz ham bugungi mag‘lubiyatning sabablaridan biri bo‘ldi. Shuningdek bu erga kech etib kelganimiz uchun moslasha olmadik. Bugun birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, ammo yakunda tajriba o‘z so‘zini aytdi.
Bu jamoani boshqarayotganimga 1 oy bo‘ldi va futbolchilar ko‘p vaqtni klublarda o‘tkazishgani bois tayyorgarlik uchun vaqt etarli bo‘lmadi.
O‘zbekistonning o‘yinlarini o‘rganib chiqqan edik. Jumladan termangizning Yaponiyaga qarshi kechgan uchrashuvini ko‘rdik. Bu erga kelishdan ilgari ham bilar edik: O‘zbekiston taktik va texnik jihatdan kuchli o‘yin namoyish etadi.
Futbolda har narsa bo‘lishi mumkin. Biz hali kurashdan chiqmadik. Bugungi bellashuvda yo‘l qo‘ygan xatolarimizni o‘rganib chiqib, Tojikistonga qarshi o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Futbola nima bo‘lishini oldindan aytib bo‘lmaydi", - dedi Pereyra.
Fikrlar