Hindiston - O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum

  • 16 yanvar, 2024, 17:27
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 2-turida Hindiston-O‘zbekiston o‘yinida xitoylik Fu Ming bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Jou Fey hamda Jang Cheng yordam berishsa, zaxira hakami sifatida iordaniyalik Ahmad Muhammad ishlaydi.

Tecno

Ma’lumot uchun, Fu Ming joriy mavsum jami 2 ta uchrashuvda ishlagan. Ikkala uchrashuv ham qit’amizning klublar miqyosidagi musobaqalarga to‘g‘ri keladi: OChL guruh bosqichi saralash o‘yini hamda OChL guruh bosqichi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OChL guruh bosqichining 3-turida Sharja (BAA) - Nasaf uchrashuvida hakamlik qilgan. Ushbu bahslar davomida u cho‘ntagidan jami 9 marta sariq kartochka, 1 marotaba qizil kartochka chiqargan va 1 bora penalti belgilagan.

Osiyo Kubogi-2023 | 2-tur
18.01.2024 | 19:30 (Toshkent vaqti)
HINDISTON – O‘ZBEKISTON
"Ahmad bin Ali” stadioni, Doha

Bosh hakam: Fu Ming (Xitoy)
Qanot hakamlari: Jou Fey, Jang Cheng (ikkalasi Xitoy)
Zaxira hakami: Ahmad Muhammad (Iordaniya)
VAR: Omar Muhammad Ahmad (BAA)
AVAR: Araki Yusuke (Yaponiya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!