
Hikmat Ergashev: AGMKda etakchi yo‘q, jamoaga bugun xarakter etishmadi
"Nasaf"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ularda akademiya bor va yaxshi shakllangan klub. Biz esa yangi jamoa tuzganmiz va hali ular kirishib keta olishmayapti. "Bunyodkor" bilan o‘yinda ham xatolar bo‘ldi.
15-daqiqada 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lish - yigitlar ruhiyatiga qattiq ta’sir etdi. Muxlislardan uzr so‘raymiz.
O‘ylashimcha, AGMK jamoasiga xarakter etishmadi. Qosimov ta’kidlaganidek, jamoani o‘zi bilan ergashtira oladigan etakchi futbolchi yo‘q. Zafar Polvonov shamollab qolgani bois bugun maydonga tusha olmadi. Murabbiylar masalasini esa rahbariyat hal etadi", - dedi Ergashev.
Fikrlar