Here we go! Ziesh yangi klubga ko‘chib o‘tdi

  • 22 oktabr, 19:18
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozdan beri erkin agent bo‘lib turgan Hakim Ziesh vanihoyat o‘ziga yangi jamoa todi. U faoliyatini Marokashning "Vidad" klubida davom ettiradi. Tomonlar kelishuvga erishdi, tez orada transfer e’lon qilinadi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Tecno

Ziesh so‘nggi marta Qatarning "Al-Duhayl" klubida to‘p tepdi. O‘z vaqtida "Ayaks"dan "Chelsi"ga 40 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan Hakimning keyingi faoliyati omadli kechmadi.2023 yilda "Galatasaroy"ga dastlab ijara asosida, oradan bir yil o‘tib, erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan futbolchi, 2025 yil boshida "Al-Duhayl" bilan shartnoma imzolagandi. Ammo yarim yil o‘tgach, Qatarni ham tark etdi. 

"Vidad" Marokash chempionatida ayni payt 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa 4 ta o‘yinda 10 ochko chamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!