Here we go! Uoker ijara asosida "Milan"ga o‘tadi

  • 23 yanvar, 06:23
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning asosiy himoyachilaridan biri Kayl Uoker Italiyaga ko‘chib o‘tmoqda. Uni "Milan" ijaraga olishga yaqin turibdi. 

Tecno

Fabritsio Romano xabar berishicha, himoyachi milanliklar bilan 2027 yilgacha amal qiladigan shartnoma borasida kelishib olgan. Uning ijarasi uchun klub 5 million evro to‘laydi. Shuningdek, bitimda 34 yoshli inglizni sotib olish imkoniyati mavjud, lekin bu majburiy emas. 

Uoker "Manchester Siti"ga kelishidan oldin futbolchilik faoliyati davomida bitta ham sovrin yutmagan va jamoa tarkibiga qo‘shilganidan keyin 17 marotaba kubokni boshi uzra baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi. Qo‘shimchasiga, sardorlik bog‘ichini ham qo‘lga kiritdi. 

Image

Eslatib o‘tamiz, Kayl ushbu mavsum "shaharliklar" safida 18 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2026 yilgacha tuzilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!