
Here we go! "Chelsi" himoyachisi "Aston Villa"ga o‘tadi
"Chelsi" himoyachisi Aksel Disasi "Aston Villa"ga o‘tadigan bo‘ldi. Tomonlar transfer borasida keliushvga erishdi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, frantsuzni birmengimliklar sotib olish shartisiz ijaraga oladi. Bir necha kun oldin "Tottenxem" uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qildi. Ammo Disasi faqat "Aston Villa"ga o‘tishni istadi.
Aksel 2023 yilda "aristokratlar" safiga kelib qo‘shilgan. Klub uni "Monako"dan 45 million evroga sotib olgandi. Ushbu mavsum himoyachi jamoasi tarkibida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va ikkita assist amalga oshirdi.
Fikrlar