
Hech qachon terma jamoani boshqarmayman!
“Atletiko” jamoasini 12 yildan beri boshqarib kelayotgan Diego Simeone biror terma jamoada ishlash bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.
- Boshqa klubda ishlashim mumkinmi? Albatta, buni inkor eta olmayman. Ertami, kechmi baribir shunday bo‘ladi.
Terma jamoani boshqarish masalasida uzil-kesil bunday bo‘lmasligi aniqligini ayta olaman. Chunki bu juda murakkab ish, - dedi Diego Simeone.
53 yoshli mutaxassisning madridliklar bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha uzaytirilgan. Argentinalik murabbiy qo‘l ostida “Atletiko” ikki marta Ispaniya chempionatida g‘olib chiqqan.
Fikrlar