Hech kim tanimaydigan futbolchi Bekxemning rekordini yo‘qqa chiqardi

  • 6 noyabr, 06:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasining umumiy bosqich to‘rtinchi turida Belgiyaning “Bryugge” jamoasi o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Barselona” bilan 3:3 hisoida durang o‘ynadi.

Tecno

Mezbonlarning qanot hujumchisi Karlush Forbsh ikkita gol va bitta assist bilan jamoasining uchala golida ishtirok etdi.

Shu tariqa, Forbsh qit’aning eng muhim turniri tarixida “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvlardagi Devid Bekxemning rekordini yangiladi.

Opta Sport statistika markazining ma’lum qilishicha, Devid Bekxem Chempionlar ligasida “Barselona”ga qarshi bitta uchrashuvda ham gol urgan, ham golli pas uzatgan eng yosh o‘yinchi sifatida tarixga kirgan.

Angliyalik futbolchi 1998 yili “Olt Trafford”da o‘tkazilgan bahsda kataloniyaliklar darvozasiga gol urib, assist qayd etganida 23 yoshu 137 kunlik bo‘lgan. Karlush Forbsh esa, bu samarali natijani 21 yoshu 231 kunligida uddaladi.

“Bryugge” klubi va Portugaliya yoshlar terma jamoasi hujumkor futbolchisi barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol va beshta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!