
Hech kim Ramosning raqamini olishga botina olmadi
“Real”ni tark etgan Serxio Ramosning ketganiga bir oy bo‘ldi, biroq futbolchilardan hech biri unga tegishli bo‘lgan raqamni so‘ray olmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, o‘yinchilardan birortasi sobiq sardorning 4-raqamini olishga botina olmagan. Xuddi shu holat Ispaniya terma jamoasida ham kuzatilmoqda. Serxio Ramosga tegishli bo‘lgan 15-raqam hamon bo‘sh turibdi.
Madriddan ketganidan keyin Ramos PSJ bilan shartnoma imzoladi. Bu jamoa himoyachisi Tilo Kerer 4-raqamni Ramosga bo‘shatib berdi.
Fikrlar