Hasanboy Do‘smatovning keyingi raqibi kim?
Ikki karra Olimpiada chempioni, hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov(6-0, 5 KO)ning professional boksdagi keyingi jangi haqida ma’lumotlar tarqala boshladi.
Unga ko‘ra, charm qo‘lqop ustamiz 20 iyul kuni filippinlik Richard Lasponaga (8-0, 5 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Bahs aynan qayorda o‘tkazilishi hozircha ma’lum emas.
Eslatib o‘tamiz, bundan ikki kun avval Do‘smatov Instagram sahifasida tez kunlarda yangilik bo‘lishini yozib qoldirgandi.



Fikrlar