Hasanboy Do‘smatov nega 3-raundda kamroq harakat qildi? Bokschining o‘zi javob berdi

  • 4 may, 2023, 19:31
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"dagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Tecno

Hasanboy Do‘smatov -51 kg vazn toifasida meksikalik Alberto Ximenesga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda hamyurtimiz 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Hasanboy Do‘smatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

hasanboy-13

- Birinchi jangdan o‘tib oldik. Maksimal darajada ishlamadim. Chunki oldinda 5 ta jang bor va shularga kuchni teng taqsimlash kerak. Shuning uchun ikkinchi raunddan so‘ng ko‘p harakat qilmadim. Endi marokashlik bokschi mening raqibim bo‘ladi.

To‘g‘risi, bu jangdan oldin meksikalik Alberto Ximenesning jangini hech qaerdan topa olmadim. Shuning uchun ikkinchi raundda raqibni o‘rgandim. Alberto Ximenes o‘z davlatida birinchi raqamli bokschi ekan. Meksikada ham tajribali bokschilar ko‘p.

hasanboy-20

Jahon chempionatiga tayyorgarlik yaxshi kechdi. O‘ylaymizki, murabbiylarimiz to‘g‘ri taktika tanlagan. Chunki barcha jamoadoshlarim maksimal darajasini ko‘rsatishmoqda, - dedi Hasanboy Do‘smatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!