Hasanboy Do‘smatov 10 yillik orzusi, qachon faoliyatini yakunlashi va boshqalar haqida gapirdi

  • 13 may, 2023, 20:06
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda. Bugun final janglari start oldi.

Tecno

-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov frantsiyalik Billal Bennamaga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvning ilk raundida bokschimiz raqibini nokaut qilib ringga qulatdi va g‘alabaga erishdi.

Shu tariqa, Hasanboy Do‘smatov ilk bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Jangdan so‘ng Hasanboy o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

nagradeniya_asad-31

- Jahon chempionligini qo‘lga kiritdim. Endi oldimizda Parij olimpiadasi bor. Ikkinchi marta Olimpiada oltin medalini olib kelishga harakat qilaman.

Bu men uchun beshinchi jahon chempionati. Dunyo birinchiligidagi debyutimni 2013 yildan boshlaganman. Mana 10 yil deganda niyatimga etdim.

Davlatimiz rahbarining shu erga kelib qo‘llab-quvvatlagani bizga kuch berdi. Sportga e’tibor kattaligi uchun jahon chempionlari chiqmoqda. Buning uchun Prezidentimizga rahmat aytamiz. Bayrog‘imizni yuqoriga ko‘tarib, mamlakatimizni butun dunyoga tanitib, ularning bizga bo‘lgan ishonchini oqlashga harakat qilamiz.

2024 yili Parij olimpiadasi bor. Shundan so‘ng havaskor boksdagi faoliyatimni yakunlayman, - dedi Hasanboy Do‘smatov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!