Harri Keyn penalti tepib ham rekord o‘rnatish mumkinligini isbotladi
Bundesliganing to‘rtinchi turida mamlakatning amaldagi chempioni “Bavariya” safar uchrashuvida “Xoffenzaym”ni 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Myunxenliklar tarkibida xet-trik qayd etgan Harri Keyn uchrashuv qahramoni bo‘ldi. Angliyalik forvard gollaridan ikkitasini 11 metrlik belgidan yo‘llagan zarbadan keyin kiritdi.
Bu gollar Keynga rekord keltirdi. Mohir hujumchi Myunxen klubiga qo‘shilganidan beri 17 marotaba penalti tepdi va ularning hammasini golga aylantirdi. Bundesliga tarixida hali birorta futbolchi 11 metrdan ketma-ket 17 marta to‘p kirita olmagan.
“Xoffenxaym” darvozasiga joylangan uchta to‘pdan keyin Harri Keyn “Bavariya” uchun urgan gollari sonini 70 taga etkazib oldi. Buning uchun unga 67 ta uchrashuv kifoya qildi. Harri bu jamoa safida to‘qqizta xet-trik muallifi bo‘ldi.



Fikrlar