Harri Keyn o‘rnini kim egallashi ma’lum bo‘ldi

  • 1 avgust, 2021, 11:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Harri Keyn o‘rnini bosa oladigan hujumchi qidirayotgan edi.

Tecno

Londonliklar asosiy to‘purari o‘rniga “Fiorentina” hujumchisi Dushan Vlaxovichni taklif qiladigan bo‘lyapti.

Italiyaliklar 21 yoshli serbiyalik hujumchining transferini 50 million funtga baholamoqda. “Tottenxem” esa bu narxni tushirishga harakat qiladi.

Biroq, bu transfer amalga oshishi uchun Harri Keynni 150 million funtga sotib oladigan jamoani topish kerak bo‘ladi. Keyn yana “Tottenxem”da qoladigan bo‘lsa, boshqa hujumchiga ehtiyoj qolmaydi.

Dushan Vlaxovich o‘tgan mavsumda A Seriyada 37 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 21 marotaba ishg‘ol qilib, ajoyib samaradorlik namoyish qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!