"Har bir o‘yin biz uchun final" yoxud Shoxruz Norxonov Katanets haqidagi savolga: "Chalg‘ishni xohlamayman"

  • 9 sentabr, 2022, 10:27
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” klubi yangi tarix yozishda davom etyapti. Jamoa ilk bor ishtirok etayotgan OFK Kubogida yarim finalga chiqdi. Jamoa etakchilaridan biri Shoxruz Norxonov o‘zini ko‘rsatishda davom etmoqda.

Tecno

Barcha uning o‘yiniga yuqori baho bermoqda. “Istern” mag‘lub etilganidan keyin Norxonovga bir qancha savollar bilan murojaat qildik.

- Avvalo sizni va “So‘g‘diyona”ni muhim g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin sizga yoqdimi? Qanday taassurotlar qoldi?

- Dastlab butun Jizzax axlini tarixiy g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yin juda qiyin o‘tgan bo‘lsa-da, muxlislarimiz bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlay olishdi, deb o‘ylayman.

- Shoxruz ushbu uchrashuv faoliyatingizdagi hozirgacha eng katta va muhim o‘yinmi? Yoki yana shunga o‘xshash boshqa uchrashuv ham bo‘lganmi?

- Ha, to‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz. OFK Kubogi men uchun katta turnir.

shox2_1

- Hal qiluvchi golni urdingiz va bu birinchisi emas. Odatda “So‘g‘diyona”ni qiyin vaziyatlarda qutqarasiz. Jamoa xaloskori bo‘lish osonmi yoki qiyinmi?

- Bilasizmi, hal qiluvchi golni urish uchun biz jamoa bilan birgalikda mehnat qilamiz. Mening kiritgan o‘sha golimda barcha jamoadoshlarimning hissasi katta bo‘ldi.

- Jamoa yarim finalga chiqdi. “Nasaf” o‘tgan yili OFK Kubogi finaligacha borgan. Ularning natijasini takrorlash uchun sizlarda imkoniyat bor. Hozirda nimalarni o‘ylayapsiz?

- Biz har bir uchrashuvga finalga chiqqandek chiqamiz. Bu O‘zbekiston Kubogi bo‘ladimi, Superligami yoki OFK Kubogimi, farqi yo‘q, faqat g‘alaba uchun kurashamiz.

- To‘purarlik salohiyatingizni ko‘rsatyapsiz. Bu asosiy maqsadingizmi?

- Bilasiz, men ko‘proq gollar urishga intilaman va shuning evaziga hamisha jamoam uchun kurashaman.

- Rosti, sizni ham terma jamoaga chaqirishlarini kutayotganlar bisyor. Bilishimcha, sizni yana chaqirmagan-a? Bu holat sizni xafa qilmayaptimi?

- Hozircha hech nimadan xabarim yo‘q. Faqat oldindagi o‘yinlar haqida o‘ylayapman.

shox1_1

- Terma jamoamiz bosh murabbiyi Katanetsga o‘zingizni nimalarga qodirligingizni isbotlash istagingiz kuchlimi?

- Men hozir faqat o‘z klubimni o‘ylayapman. Chalg‘ishni xohlamayman.

- Ulug‘bek Baqoev jamoani qanday ruhlantiryapti?

- Murabbiyimiz bizni har bir uchrashuvga yaxshi tayyorlay oladi. Shubhasiz, jamoamizning g‘alabalarida murabbiylarimizning o‘rni katta, deb o‘ylayman.

- Norxonov sifatida “So‘g‘diyona”da yanada tanilib, o‘yiningizni kuchaytirdingiz. Bu erda avvalo sizni nima kuchlik qilyapti?

- “So‘g‘diyona” mening ikkinchi uyim bo‘lib qolgan. Bu erda o‘zim juda yaxshi his qilaman. G‘alabalarda boya aytganimdek, murabbiylarning ham mehnati katta.

shox4

- Bu eng yaxshi o‘yiningizmi yoki...

- Ishlashdan to‘xtamaymiz. Yanada katta yutuqlarga erishish niyatidaman.

- Sir bo‘lmasa, OFK Kubogida o‘yinlar va g‘alabalar uchun qanday bonusga belgilangan?

- Bunisidan xabarim yo‘q. Biz muxlislarni xursand qilaversak, rag‘batlantirish o‘zi kelaveradi (kuladi).

shox3_1

- Stadiondagi muhit ham o‘zgacha bo‘ldi. Bunday muxislar bilan to‘lgan stadionda ilk bor o‘ynadingizmi yoki... Umuman, bunga qanday ta’rif berasiz?

- Ha, bu uchrashuvda bizni juda ko‘plab muxlislar qo‘llab-quvvatlab turishdi. Uzoq joylardan kelib jamoamizni olqishlab turgan barcha ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman.

- “So‘g‘diyona” OFK Kubogi yarim finalida Malayziyaning “Kuala-Lumpur” jamoasi bilan o‘ynaydi va bu uchrashuv ham Jizzaxda o‘tadi. Bu “So‘g‘diyona”ga qanchalik ustunlik beradi?

- Bizga raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar faqat g‘alaba uchun kurashamiz. O‘sha o‘yinda ham stadionimiz to‘lib-toshishiga ishonaman. Shu o‘rinda barchani Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan tabriklayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!