Haqiqiy to‘purar ana shunday bo‘ladi!
“Bavariya”ning so‘nggi yillardagi asosiy to‘purariga aylangan Robert Levandovski Bundesliganing yangi mavsumidagi ilk uchrashuvda tarixiy rekord qayd etdi.
Myunxenliklar chempionatning dastlabki uchrashuvini Myonxengladbaxda o‘tkazib, mahalliy “Borussiya” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. “Bavariya”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgan gol muallifi Robert Levandovski ketma-ket ettinchi mavsumda ilk turda gol urgan futbolchiga aylandi.
Bu natija rekord sifatida qayd etildi. Ilgari hech bir futbolchiga Bundesligada ketma-ket etti mavsumni gol bilan boshlash nasib etmagan.
Levandovski “Bavariya” sharafini 2014 yildan beri himoya qilib kelmoqda.



Fikrlar