
Hansi Flik Germaniyada "Yil murabbiyi" deb topildi
"Barselona" bosh murabbiyi Hansi Flik Germaniyaning mashhur "Sport Bild" nashri tomonidan "Yil murabbiyi" deb topildi. Mukofot Hamburg shahridagi tarixiy Fischauktionshalle majmuasida, 600 ga yaqin mehmon ishtirokida topshirildi.
Flik marosimga Ispaniyadan onlayn tarzda qo‘shildi va nutq so‘zladi:
"Bosh murabbiy sifatida doimo oldinda turasan. Ba’zida tanqid qilinasan, ba’zida esa maqtov eshitasan. Men o‘z ishlarimga ishonaman, lekin yuqori darajada natijaga erishish uchun yoningda kuchli murabbiylar shtabi bo‘lishi zarur. Barcelonada men ana shunday jamoaga egaman. Ularga minnatdorchilik bildiraman, ular bilan ishlash men uchun zavq," — dedi mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Hansi "Barselona"dagi ilk mavsumida uchta ichki sovrinni — La Liga, Ispaniya Kubogi va Superkubokni qo‘lga kiritgan edi.
Fikrlar