
Hamzat Chimaev va Dyu Plessi "UFC 300"turnirida jang qiladimi? Dana Uaytdan javob!
UFC bosh direktori Dana Uayt Hamzat Chimaev(13-0)ning "UFC 300" yubiley turnirida o‘rta vazn toifasidagi yangi chempion Drikus Dyu Plessi(21-2) bilan jang qilish istagiga javob berdi.
“Biz buni ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, kelasi hafta e’lon qilarmiz ham. Bilaman, Hamzat qattiq kasal edi, lekin hozir u ancha yaxshi. Uning "UFC 300" dagi jangi haqida aniq nimadir deya olmayman, hammasining vaqt ko‘rsatadi”, - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "UFC 300" 13 aprel kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar