
"Hammasi joyidami?" Vinisiusdan hurmatga loyiq harakat
So‘nggi "El-klassiko"da Lamin Yamal va Vinisius Junior ishtirokidagi bir holat ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi - bu safar hakam bilan janjal yoki tortishuv emas, balki kutilmagan hurmat belgisi namoyon bo‘lgani uchun.
Vinisius "Barselona"ning yosh hujumchisi qoida buzarlikdan so‘ng oqsab qolganini sezdi. Braziliyalik futbolchi Yamalning shunchaki yonidan o‘tib ketish o‘rniga, yaqinlashib, raqibining ahvoli haqida so‘radi:
"Lamin, yaxshimisan? Hammasi joyidami?"
Shunchalik emotsional va printsipial raqobatda o‘tgan bahslarda bunday xatti-harakatlar kamdan-kam uchraydi. Bu qisqa, ammo ta’sirli epizod va shuni anglatadiki hatto eng qizg‘in futbol to‘qnashuvlarida ham insoniylik chetda qolmaydi.
Fikrlar