
“Hammamiz o‘lamiz”, deb o‘yladik! Aviahalokat oldi olindi
Joriy mavsum yakunlariga ko‘ra, Ispaniya chempionatining yuqori divizionini tark etgan “Kadis” klubi aviahalokatga duuch kelishiga bir bahya qoldi.
“Kadis” klubi vakillari jamoaning sobiq futbolchisi Maxiko Gonsales sharafiga tashkil etilgan tadbirlarda qatnashish uchun Salvador mamlakatiga otlangan edi.
“Kadis” klubi prezidenti Manuel Viskaynoning ma’lum qilishicha, samolyot parvozni boshlaganidan 10 daqiqa o‘tib, dvigatel ishdan chiqqan. Buning oqibatida bort kapitani samolyotni Sevilya aeroportiga shoshilinch tarzda qo‘ndirgan.
- Hammamiz o‘lamiz, deb o‘ylagandik, - dedi “Kadis” futbolchisi Aleks Fernandes.
“Kadis” futbolchilari mavsumni 18-pog‘onada yakunladi va La Ligani tark etishga majbur bo‘ldi. Endi bu jamoa kelasi mavsum Segundada to‘p tepadi.
Fikrlar