Hamma kutayotgan Ronaldu va Messi to‘qnashuvi bo‘lmasligi mumkin

  • 21 yanvar, 2024, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Saudiya Arabistonida Riyadh Season Cup turniriga AQShning “Inter Mayami” klubi taklif etilgan. Lionel Messi o‘ynayotgan jamoa Riyod shahrida 29 yanvar kuni “Al-Hilol” va 1 fevral kuni “An-Nasr” bilan kuch sinashishi rejalashtirilgan.

Tecno

Ko‘pchilikni Messi va Krishtianu Ronalduning yana bir biriga qarshi to‘p tepishi qiziqtirmoqda. O‘tgan yili Ronaldu saudiyaliklar tarkibida PSJ bilan bo‘lgan bahsda Messiga qarshi o‘ynagani ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiborini tortgandi.

Bu gal kutilmagan holat yuz berdi. Arab Sports nashrining xabar berishicha, Ronaldu “Inter Mayami”ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin. Krishtianuni jarohat olgani aytilyapti. Qolaversa, portugaliyalik yulduzning Xitoyda tashkil qilinadigan turneda ham qatnashishi so‘roq ostida turibdi.

Messi va Ronaldu uzoq yillar davomida futbol olamida bir biri bilan raqobatlashib kelgan. Hozirgacha qaysi futbolchi haqiqatan eng kuchlisi ekani borasida munozaralar davom etib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!