Hamidjon Aktamov: "Metallurg" menda hech qanday taassurot qoldirmadi

  • 24 noyabr, 2020, 20:07
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Qizilqum” klubi o‘z maydonida “Metallurg”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Navoiyliklar yarim himoyachisi Oybek Qilichev tomonidan kiritilgan yagona gola mezbonlarga muhim g‘alabani keltirdi.

Tecno

O‘yindan keyin “Qizilqum” bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov bilan bog‘landik va sports.uz saytiga qo‘lga kiritilgan g‘alaba to‘g‘risida quyidagilarni ma’lum qildi:

- Uchrashuv haqida nima deyishim mumkin? Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Bizga uch ochko kerak edi, maqsadimizga erishdik. “Metallurg” menda hech qanday taassurot qoldirmadi. O‘yin davomida yana bir qancha golli imkoniyatlardan foydalana olmadik. Aks holda yirik hisobda g‘alaba qozongan bo‘lardik. O‘sha vaziyatlarda omad bizdan yuz o‘girdi. Lekin jamoamiz raqibga qaraganda har jabhada yaxshi o‘ynadi.

Oybek Qilichev? Hamma futbolchimiz ishonchni oqlayapti. Alohida bir o‘yinchini ajratib ko‘rsatmayman. Jamoamizga keyin qo‘shilgan yigitlar ham mehnat qilyapti, barchasidan qoniqish hosil qildim, - dedi Aktamov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!