
Hakim Fuzaylov "Nasaf"dan ochko tortib olganidan so‘ng nima dedi?
“Xorazm” – “Nasaf” (1:1) uchrashuvidagi keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida urganchliklar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov shunday dedi:
“Biz o‘tgan yilgi chempion – “Nasaf” bilan o‘ynadik, juda yaxshi jamoa. Ushbu turda to‘qnash kelyapmiz. Chempionatda sovrindorlar qatorida bormoqda. Albatta, qiyin o‘yin bo‘ldi. Birinchi o‘rinda futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Oxirigacha harakat qilishdi, ko‘p ham vaziyatlar o‘xshamadi. Chunki raqib “Nasaf” jamoasi edi. Bular chempionlikka da’vogarlik qilmoqda. Biz o‘yindan qoniqdik. Bugun yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi. Yakunda durang bo‘ldi. Yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi, buning uchun yana bir bor katta rahmat aytaman. Charchashdi, tezroq tiklanib, ishlashda davom etamiz.
Hozir katta bo‘lmagan tanaffus bor. 11 may kuni “Navbahor” bilan o‘ynaymiz. Tezroq tiklanishimiz kerak. O‘yinga yaxshi tayyorlanib, o‘yinimizni yaxshilashga harakat qilaimz. Bu haftada yigitlarni holati yomon bo‘lmadi. Tig‘iz grafik bo‘lgani uchun charchoq sezildi. Shuning uchun tezroq tiklanib, keyingi o‘yinga puxta tayyorgarlik ko‘rish kerak”.
Fikrlar