
Hakamni do‘pposlamoqchi bo‘lgan Ryudiger “tilga kirdi”
Ispaniya kubogi finalida “Real” himoyachisi Antonio Ryudiger jamoasining “Barselona”dan 2:3 hisobida uchragan mag‘lubiyatiga chiday olmaydi.
O‘yinning qo‘shimcha vaqti tugab borayotganida germaniyalik himoyachi zaxiraga olinganiga qaramay, hakamning qaroriga keskin norozilik bildirdi.
Ryudiger maydonga chiqib, bosh hakam Rikardo De Burgosu Bengoecheaga tashlanmoqchi bo‘ldi, jamoadoshlari uni ushlab qoldi. Biroq o‘zini nazorat qila olmagan futbolchi hakamga muz to‘ldirilgan paketni otdi. Qilmishi uchun qizil kartochka olgan Ryudiger tribuna ichkarisidan qaytib chiqib, yana hakamga tahdid qildi.
Ekspertlar Ryudiger tajovuzkorligi tufayli 12 ta o‘yinchigacha diskvlafikatsiya qilinishi mumkinliginini ta’kidladi.
Endi Antonio Ryudiger qilmishidan pushaymonligini bildiryapti.
- Qilmishimni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi. Qattiq pushaymonman.
Biz juda yaxshi o‘yin o‘tkao‘dik, ayniqsa, ikkinchi bo‘limda. 111-daqiqadan keyin jamoamga boshqa yordam bera olmasdim. O‘yin yakunlanishidan oldin katta xatoga yo‘l qo‘ydim. Bosh hakamdan va kimning ishonchini poymol qilgan bo‘lsam, ularning baridan yana bir bor uzr so‘rayman, - dedi Antonio Ryudiger.
Fikrlar