Hakamlar qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygan "Mash’al" - "Qo‘qon -1912" uchrashuvi videosharhini tomosha qiling

  • 9 aprel, 2021, 21:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Superliganing 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Shu kuni “Qo‘qon-1912” safarda “Mash’al”ga qarshi bahs olib bordi.

Tecno

Muborakdagi bellashuv 0:2 hisobida qo‘qonliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi, o‘yindagi dastlabki gol hakamlarning qo‘pol xatosi bilan sodir bo‘ldi. Gap shundaki, 51-daqiqada Mo‘minjon Melievning yo‘llagan zarbasi “Mash’al” darvozasiga tashqi tomondan kirdi. Bosh hakam Vadim Agishev esa golni inobatga oldi. “Qo‘qon-1912”ning ikkinchi goliga Shohnazar Norbekov (77') mualliflik qildi.

Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!