
Hafta voqeliklari bittada!
Messi 500 million evrodan bosh tortdi, “Real” Anchelottiga o‘rinbosar topdi – haftaning asosiy yangiliklari bilan tanishing.
Messi 500 million evrodan bosh tortdi.
Lionel Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 6 haftadan so‘ng yakuniga etadi va uning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Shu haftada “Al-Hilol” argentinalik futbolchiga yiliga aql bovar qilmaydigan 500 million evro taklif qilayotgani ma’lum bo‘ldi (ilgari asosan 400 million haqida aytilgan edi). Biroq, Messi uchun "Barselona"ga qaytish ustuvor variant bo‘lib qolmoqda. Gap shundaki, kataloniyaliklar Leoning qaytishini moliyaviy tomondan ta’minlay oladimi, chunki klub hali ham jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda.
PSJ Messi, Neymar va Mbappe bo‘yicha qaror qabul qildi.
PSJ Lionel Messi, Neymar va Kilian Mbappening qaydnomada bo‘lishi muammolarni keltirib chiqarishi, jumladan, sxema va tarkib tanlashda murabbiyni qattiq o‘ylantirib qo‘yishini tushungan ko‘rinadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Parijda ular ikki hujumchi yulduz bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Liga 1 grandi mavsum oxirida Messining ketishini intiqlik bilan kutmoqda va shu bilan birga Neymarni ham sotmoqchi. Braziliyalik futbolchiga Angliyadan qiziqish bordek. PSJning rejasi Mbappe atrofida jamoa qurish. Klub bu yondashuv Kilianni o‘z safida saqlab qolishiga umid qilmoqda.
Madridning “Real” klubi uch nafar eng yaxshi futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Matbuot "Real" Madridning yozgi transfer rejalari haqida yozmoqda. Madridliklar himoyachi Alfonso Devis, yarim himoyachi Jud Bellingem va hujumchi Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolashni kutmoqda. Agar Bellingem haqida gapiradigan bo‘lsak, "qaymoqranglilar" 19 yoshli futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgani haqida ma’lumot bor. Hozirda "Real" "Borussiya" uchun taklif tayyorlamoqda. Ammo Mbappe uchun hammasi murakkab. Malumotlarga ko‘ra, madridliklar bu kelishuvga moliyaviy komponent - PSJ va futbolchining so‘rovlarini inobatga olgan holda shubha bilan qarashgan.
Madridning “Real” klubi Anchelottiga o‘rinbosar topdi.
"Real" Madrid yaqinda Chempionlar ligasida alamli mag‘lubiyatga uchradi - "Manchester Siti"dan 0:4. Avvalroq Karlo Anchelottining Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi, endi esa italiyalikga nisbatan bosim kuchaydi. Matbuot xabarlariga ko‘ra, "qirollik klubi" kelasi yozda Anchelottini iste’foga chiqarmaydi. Florentino Peres italiyalik mutaxassisga amaldagi shartnomasini bajarishga ruxsat bermoqchi. Ammo oradan bir yil o‘tib, rul boshqaruvchisini almashtirmoqchi. Mish-mishlarga ko‘ra, "qaymoqranglilar" "Bayer"da yaxshi ishlayotgan Xabi Alonsoni taklif qilmoqchi. Yosh ispaniyalikning kelasi yozda Leverkuzen bilan shartnomasi tugaydi.
Yuldoshev Oybek maqolasi
Fikrlar