
Habib Nurmagomedov Diego Maradonaning xotirasiga hurmat bajo keltirdi
MMA sobiq jangchisi va engil vazn bo‘yicha UFC chempioni Habib Nurmagomedov argentinalik afsonaviy futbolchi Diego Maradonaning vafotiga munosabat bildirdi.
"Tarixdagi eng buyuk sportchilardan biri. Maradona millionlab insonlarning futbolga mehr qo‘yishiga sababchi bo‘lgan", - deya Instagram sahifasida post qoldirgan Nurmagomedov.
Maradona 60 yoshida yurak xurujidan vafot etdi. U faoliyati davomida Argentina terma jamoasi, "Boka Xuniors", "Barselona" va "Napoli" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar