Habib Nurmagomedov Charlz Oliveyra hamda Jastin Getji jangida kim favorit ekanligini aytdi

  • 28 fevral, 2022, 12:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov (29-0)  Charlz Oliveyrani (32-8-1 n/c) Jastin Getjiga (23-3) qarshi chempionlik jangida favorit deb bilishini aytdi. Ammo Habib braziliyalikni aniq g‘alaba qozonadi, deb ayta olmasligini ham ta’kidlagan. 

Tecno

“Agar, Jastin Getji g‘alaba qozonadi desam, odamlar buni men u bilan jang qilganim va g‘alaba qozonganim uchun shunday demoqda, deb aytishadi. Charlz Oliveyra g‘alaba qozonsa, UFC uchun yaxshi bo‘lardi.

Ammo Jastin Getji muvaffaqiyatga erishsa, men juda hayron bo‘lmayman, chunki u katta tajribaga ega va u kuchli zarba bera oladi.

Getjini mag‘lub etish uchun uni muddatidan avval taslim etish kerak. Agar, Charlz uni muddatidan oldin mag‘lub eta olmasa, yutqazadi", - dedi Nurmagomedov. 

Ma’lumot uchun,  Charlz Oliveyra UFCning engil vazn toifasida amaldagi chempion hisoblanadi. U Habib Yurmagomedovdan vakant qolgan chempionlik kamari uchun jangda Maykl Chendlerni (22-7) mag‘lub etib, ushbu titulni qo‘lga kiritgandi. Keyinchalik u himoya jangida Dastin Poreni (28-7) ham taslim etdi. Oliveyra-Getji qarama -qarshiligi 7 may kuni "UFC 274" turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!