Gyundogan: "Kim Virtsning iqtidorini ko‘rmayotgan bo‘lsa, futbolni tushunmas ekan deb hisoblayman"
Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ilkay Gyundogan "Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts haqida fikr bildirdi.
22 yoshli nemis futbolchisi jamoaga qo‘shilganidan keyin tanqidlarga uchrayapti — undan yuqori darajadagi o‘yin kutilayotganiga qaramay, Virts hozircha o‘z salohiyatini to‘liq namoyish eta olmayapti.
"Florian aybdor emas, uning transferi shuncha qimmat bo‘lgani uchun (125 million evro). Odamlar undan ko‘p narsa kutayotgani tabiiy. Lekin men o‘qidim — Premer-ligada hech bir o‘yinchi Virtsdek darajada golli vaziyatlar yaratmagan. Faqat gollar va assistlargina emas, o‘yinning chuqur tahlili kerak", — dedi Gyundogan "Transfer Sector" nashriga.
Uning ta’kidlashicha, Virtsning o‘yinini tan olmagan odam "futbolni umuman tushunmaydi". Gyundogan ishonch bildiradiki, yarim himoyachining natijalari yaqin oylarda yaxshilanadi.
Joriy mavsumda Florian Virts mersisaydliklar safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, birgina assist qayd etgan.



Fikrlar