Gyulerni Ispaniyaning boshqa bir klubi ijaraga olmoqchi

  • 10 yanvar, 2024, 03:14
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar oynasida "Real" tarkibiga kelib qo‘shilgan Arda Gyuler jarohatlar sabab o‘z debyutini ancha vaqt kutishiga to‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, uning asosiy tarkibga kirib ketishi qiyin masala, ayniqsa Jud BellingemBraim Dias kabi jamoaga yaqinda qo‘shilib, ajoyib o‘yin ko‘rsatayotgan futbolchilar klubda etarlicha bo‘lgan paytda turkiyalik futbolchi zaxiraga "mixlanib" qolishi ham hech gap emas. 

Tecno

Gyuler o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli, uni bir nechta klublar ijaraga olishga qiziqmoqda, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. Ispaniyaning "Defensa Central" nashri esa ushbu jamoalardan birini ochiqladi.

Ma’lum bo‘lishicha, hujumkor yarim himoyachini qishki transferlar oynasida "Vilyarreal" ijara asosida o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi edi, lekin madridliklar rad javobini berdi. Sababi, rahbariyat Ardani shu erda rivojlanishini istaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!