Gyuler "Real" rahbariyatidan boshqa klubga ijaraga berib yuborishni so‘ragani rostmi?

  • 15 aprel, 2024, 16:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiyalik yosh iqtidor sohibi Arda Gyuler jarohati sabab "Real"da kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. Turli manbalarning ma’lum qilishicha, futbolchi bu bo‘yicha rahbariyatga o‘zining boshqa klubga ijaraga qo‘yib yuborilishi borasida murojaat qilgan. 

Tecno

Ammo Ispaniyaning taniqli "Marca" nashri bu xabarlarni rad etdi. Gyulerning Madriddagi kelajagi hozircha noma’lum, mavsum oxirida bu bo‘yicha tomonlar alohida suhbat o‘tkazishadi. 

Eslatib o‘tamiz, Arda joriy mavsum "Real" safida 7 o‘yin o‘tkazib, 98 daqiqalik o‘yin amaliyoti mobaynida bitta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!