Gyottse poytaxtda qolishi mumkin

  • 2 oktabr, 2020, 22:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” Dortmundning sobiq yarim himoyachisi Mario Gyottse Bundesligada qolishi mumkin.

Tecno

Sport Bild nashrining xabar berishicha, 28 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga “Gerta” jiddiy qiziqib qolgan. Berlinliklar ustozi Bruno Labbadia ushbu masala yuzasidan shaxsan Marioning o‘zi bilan bog‘langan. Klub rahbariyati esa ayni damda Gyottse bilan shartnoma imzolash masalasini o‘rganib chiqmoqda.

Mario Gyottse o‘tgan mavsum Bundesligada 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ydi. U hozir erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!