Gyottse o‘zbeklarga begona bo‘lmagan Bundesliga klubiga o‘tadi

  • 20 iyun, 2022, 14:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

PSV klubining germaniyalik yarim himoyachisi Mario Gyottse faoliyatini “Ayntraxt”da davom ettiradi, deb xabar bermoqda Sport1.de.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 30 yoshli germaniyalik futbolchi frankfurtliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib olgan. Transfer summasi esa to‘rt million evroni tashkil qiladi.

30 yoshli Gyottse o‘tgan mavsum PSV safida barcha turnirlarda jami 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi. Uning Niderlandiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!