
Gvardiolaga Xitoydan yordamchi keladi
Ispaniyalik murabbiy Xuanma Manuel Lilo yangi mavsumda "Manchester Siti"da faoliyatini davom ettirishi mumkin.
Marca nashri manbasiga ko‘ra, ayni damda Xitoyning "Tsindao Xuanxay" klubini boshqarib kelayotgan Lilo "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga assistent bo‘lishi kutilmoqda.
Ta’kidlanishicha, mutaxassis Osiyo klubini onasining sog‘lig‘i sabab tark etishni rejalashtirmoqda.
Lilo murabbiylik faoliyati davomida "Saragosa", "Real Sosedad", "Almeriya", va "Vissel Kobe" singari klublarni boshqargan.
Fikrlar