Gvardiolaga kerak bo‘lmay qolgan yulduz APLning boshqa top-klubiga o‘tishi mumkin
Angliyalik qanot hujumchisi Jek Grilish Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti"dagi rejalaridan o‘rin olmagani aniq. Bu yozda matbuotda 29 yoshli futbolchini "Napoli"ga o‘tishi haqida ko‘plab xabarlar tarqalgan edi, ammo transfer amalga oshmadi.
Shu bilan birga Grilish APLda qolishi ham mumkin. Sports Mole xabar berishicha, Jekning transferi bo‘yicha "Tottenxem" "shaharlik"larga taklif jo‘natgan. Bu mavsumoldi o‘yinlarida Jeyms Medison jarohat olganidan keyin sodir bo‘ldi. Medison "Nyukasl"ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oxirida maydondan zambilda olib ketishgan.
Nufuzli "Transfermarkt" portali Jek Grilishni 28 million evroga baholamoqda.



Fikrlar