Gvardiola Xolanddan norozi

  • 12 noyabr, 08:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Norvegiyalik hujumchi Erling Xoland yaqin vaqt ichida klubini o‘zgartirishi mumkin. Defensa Central nashri ma’lumotlariga ko‘ra, “Manchester Siti”  bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Xolandning klubni tark etib, Madridning “Real”iga o‘tish  istagi borligidan norozi bo‘lyapti.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Gvardiola hatto rahbariyat bilan Xolandning yangi shartnomasiga to‘lov miqdorini belgilash bandini qo‘shish masalasida kelishmovchilikka borgan.

Manchesterliklar Xolandni 2022 yilning yozida “Borussiya Dortmund”dan sotib olgan.

U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda 19 ta gol urdi  va 1 ta golli uzatma amalga oshirdi.

25 yoshli forvardning “Manchester Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt  uning bozor qiymatini 180 million evroga baholagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!