
Gvardiola Xoland o‘rniga boshqa hujumchi topdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola kelajakda jamoa asosiy to‘purari Erling Xolandning o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan hujumchi topib qo‘ydi.
Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, “Borussiya”da o‘ynayotgan Yussuf Mukoko yaqin kelajakda Xoland kabi ko‘p gol ura oladigan forvard darajasiga etadi. Shu bois, “shaharliklar” Mukoko Dortmundni tark etadigan bo‘lsa, uni Manchesterga olib keladi, deb xayuar tarqatdi Football Transfers nashri.
Xosep Gvardiola 18 yoshli futbolchining o‘yin uslubini “Manchester Siti” tarixidagi eng zo‘r to‘purar Serxio Agueroga o‘xshatdi va klub rahbariyatiga bu o‘yinchini olishga harakat qilish lozimligini bildirdi.
Mukokoning “Borussiya” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Qatardagi jahon chempionatiga jalb qilingan vunderkindni Evropaning bir necha klublari o‘z nishonida ushlab turibdi.
Fikrlar