Gvardiola va Slot Angliya terma jamoasi o‘yinchisini talashyapti

  • 8 noyabr, 06:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Premer-liganing uch grand klubi – “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Tottenxem” Angliya terma jamoasi va “Aston Villa” himoyachisi Ezri Konsaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning yozishicha,  Birmingem klubi 28 yoshli himoyachini sotishni istamaydi, ammo moliyaviy feyr-pley qoidalariga mos kelish uchun shunday qaror qabul qilishga majbur bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, “Aston Villa” himoyachidan voz kechishiga to‘g‘ri kelsa, bu transferdan 40–45 million funt ishlab olishni mo‘ljallamoqda.

Ezri Konsa Angliya terma jamoasi safida turli musobaqalarda 16 ta o‘yinda ishtirok etgan.

Futbolchining “villaliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qilishi belgilanshan. Transfermarkt portali ekspertlari himoyachining transfer bozoridagi  qiymatini 35 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!