
Gvardiola uchta futbolchi tanladi
Yozda “Manchester Siti”dan ketadigan futbolchilar safi kengayib bormoqda. Klub tarixidagi eng zo‘r to‘purar Serxio Aguero ortidan yarim himoyachi Fernandino ham jamoani tark etadigan bo‘ldi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola braziliyalik futbolchining o‘rnini bosishga qodir futbolchini tanlashi kerak.
Hozircha, manchesterliklar bu o‘ringa “Sheffild Yunayted” vakili Sander Berge, “Borussiya M” jamoasi etakchisi Denis Zakariyo va “Sporting” yarim himoyachisi Joau Palinya kabi futbolchilarni mo‘ljallamoqda.
Fernandino uzoq muddat “Siti”ning eng faol o‘yinchisi bo‘lgan. Uning o‘rniga keladigan futbolchi ham raqib hujumlarini buzishdan tashqari, jamoaga etakchilik qilish, o‘tkir hujumlarni boshlay olishi kerak.
Fikrlar