Gvardiola: U maydonda bo‘lganida o‘zimni xotirjam his qilaman

  • 19 sentabr, 18:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Rodri haqida gapirdi.

Tecno

"Chorshanba kuni u o‘zini noqulay his qilayotgan bo‘lsa-da, "Napoli"ga qarshi bahsda yaxshi bo‘laman, dedi". Rodri chindan ham maydonda ajoyib o‘yin namoyish etdi. Kundan-kunga uning mashg‘ulotlarini kuzatib boryapman. Uning hozirgi holati ancha ijobiy. Masalan, chorshanba kungi mashg‘ulotda Rodri o‘zini noqulay his qildi.

Yaxshi mashq qilolmagani, biroq "Napoli"ga qarshi bahsda maydonga tushishini aytdi. Bellashuvda esa haqiqatdan ham ajoyib harakat qildi. Biroq u jiddiy jarohatdan endi qaytmoqda va uni ehtiyot qilishimiz kerak", -
dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, "Manchester Siti" yakshanba kuni "Arsenal"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30  da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!