Gvardiola tanlagan yulduz sal qimmatlik qilyapti

  • 7 dekabr, 12:18
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Nottingem Forest” yarim himoyachisi Elliot Anderson bir qator grand klublarning tinchini  buzgan.

Tecno

Xususan, “Manchester Siti” ham 23 yoshli futbolchini asosiy transfer nishonlaridan biri sifatida belgilan va o‘yinchi atrofidagi vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatib boryapti.

Elliotni qo‘lga kiritish uchun “shaharliklar” ashaddiy raqib – “Manchester Yunayted”ning raqobatini engib o‘tishi talab etiladi.

Football Insider nashrining xabar berishicha, “o‘rmonchilar” o‘z futbolchisi uchun 115 million evro atrofida badal puli talab qilyapti. Biroq “Manchester Siti” mavsum o‘rtasida bunday katta summa sarflashni istamayapti. Bu Andersonning qishki transfer oynasida “shaharliklar” jamoasiga qo‘shilish ehtimolini kamaytiradi.

Futbolchining o‘zi esa, inqirozdan chiqishga harakat qilayotgan “Manchester Yunayted”ga qaraganda, o‘yinini ancha izga solgan “Manchester Siti”ga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!