
Gvardiola “Siti”ni kuchaytiradigan o‘yinchi topdi
Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida jamoasiga “Napoli” yarim himoyachisi Fabian Ruisni olib kelmoqchi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Manchester Siti” bosh murabbiyi anchadan beri ispaniyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib keladi. 2019 yildan ham Gvardiola o‘z hamyurtini “shaharliklar” safiga chorlagan edi, biroq o‘shanda transfer oxiriga etmay qolgan.
Ruis neapolliklar bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yakunlanadi. Agar tomonlar joriy mavsum oxirigacha kelishuvga erisha olmasa, “Napoli” uni yozda boshqa klubga sotib yuboradi. Hozircha, ispaniyalik yarim himoyachi hamkorlikni davom ettirmoqchi emas va mavsum yakunlanishi bilan boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishni istayapti.
“Napoli” safida to‘rtinchi mavsumini o‘tkazayotgan Ruis A Seriyada 22 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga oltita to‘p kiritdi.
Fikrlar