Gvardiola "Siti"ga yangi futbolchi tanladi

  • 18 iyul, 2024, 14:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" yarim himoyachisi Joshua Kimmix "Tumanli Albion"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manba xabariga ko‘ra, germaniyalik futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" klubi qiziqish bildirmoqda. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning o‘zi Kimmixni jamoasiga qo‘shib olmoqchi. "Transfermarkt" portali Joshuaning narxini 50 million evroga baholamoqda. Uning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli xavbek o‘tgan mavsumda Bundesligada 28 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!