
Gvardiola "Real"ning ikki yulduzini jamoasida ko‘rmoqchi
"Manchester Siti" murakkab mavsumni boshdan kechirmoqda va yozda klub tarkibni qayta qurishi mumkin.
"Defensa Central" nashrining xabar berishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubdan "Real"ning ikki yarim himoyachisi - Jud Bellingem va Eduardo Kamavingani jamoaga qo‘shib olishni so‘ragan.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" Bellingem va Kamavinga uchun 200 million evro taklif qilmoqchi. Ingliz klubi 21 yoshli ingliz futbolchisini 150 million, 22 yoshli frantsuzni esa 50 million evroga baholamoqda.
Ta’kidlanishicha, "Real" bunday taklifni qabul qilishga rozi bo‘lmasligi mumkin. Gvardiola avvalroq ham Bellingem va Kamavingani jamoaga olib kelishga uringan, biroq, ular "Real"ni afzal ko‘rgan.
Fikrlar