
Gvardiola “Real” yulduzini tekinga olmoqchi
“Real”ning germaniyalik yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Defensa Centra nashrining yozishicha, “Manchester Siti” tajribali o‘yinchiga jiddiy qiziqish bildiryapti. Manchesterliklar uni mavsum yakunlanishi bilan qo‘lga kiritmoqchi.
Toni Kroos yozda madridliklar bilan shartnomasini bir yilga uzaytirgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toni Kroos Xosep Gvardiola jamoasiga erkin agent maqomida kelsa, “shaharliklar” har mavsum uchun unga 15 million evro maosh to‘lashga tayyor.
Toni Kroos madridliklar jamoasida 2014 yildan beri to‘p tepyapti.
Fikrlar