Gvardiola “Real” bilan o‘yin oldidan Husanov haqida nimalar dedi?

  • 18 fevral, 06:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi faoliyati sekin-asta iziga tushib bormoqda. Yangi chempionat, boshqa jamoaga ko‘chib o‘tgan har qanday futbolchiga moslashish uchun vaqt kerak.

Tecno

Xosep Gvardiola jamoasi tushgan vaziyat yangi ijrochilarni darrov keskin va murosasiz to‘qnashuvlarga tashlashga talab etarli. Shu bois, ispaniyalik murabbiy qishki transferlar vaqtida olingan to‘rt futbolchiga darrov o‘yin amaliyotini berishga qaror qildi.

Faqatgina 18 yoshli Vitor Reys Angliya kubogida bir bo‘lim o‘ynadi xolos. Yosh himoyachi biroz tajriba to‘plashi, mahoratini oshirishi, Evropa futboli muhitiga moslashishi uchun ko‘proq muddat kerakligi avvaldan ma’lum edi.

Evropa ligalaridan olingan Abduqodir Husanov, Niko Gonsales va Umar Marmush darrov jamoaga singib ketdi. Ayni paytda ko‘pchilikn

20 yoshli legionerimiz “Manchester Siti”ga o‘tganidan keyin ikki nufuzli musobaqa – Premer-liga va Angliya kubogida debyutini o‘tkazgan va hatto birinchi golini urgan yagona o‘zbek futbolchisi sifatida nomini tarixga muhrlab qo‘ydi.

Endi ko‘pchilikni, xususan, o‘zbekistonlik barcha ishqibozlarni himoyachimizning Evropa Chempionlar ligasida “shaharliklar” safida debyut qilishi qiziqtirmoqda.

Bundan imkoniyat bor, albatta. 19 fevral kuni manchesterliklar “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasi doirasida “Real” maydonida pley-offning javob uchrashuvida maydonga tushishi talab etiladi. Husanovning “Nyukasl”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdagi o‘yini hamyurtimiz jiddiy raqiblarga qarshi ishonchli harakat qilishga qodirligini ko‘rsatdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham Abduqodir Husanovning jamoaga kelganidan beri hozirga qadar bo‘lgan faoliyatiga baho berdi.

- “Nyukasl” bilan bo‘lgan uchrashuvda hakam Abduqodir Husanovga ikki-uch marotaba hushtak chaldi. Chunki bu himoyachi birga bir kurashda juda shiddatli harakat qiladi. U hozircha yangi o‘yinchi ekani uchun shunday bo‘ldi, agar boshqa markaziy himoyachilar singari mashhur futbolchi bo‘lganida oddiy vaziyatlarda o‘yin to‘xtatilmas edi.

Aslida Abduqodir jamoaga kelishi bilan “Chelsi”ga qarshi uchrashuvning ilk daqiqalarida duch kelgan vaziyatda unga oson bo‘lgani yo‘q. O‘zbekiston yoki Frantsiyadan bu erga kelib, darrov o‘ynab ketish qiyin.

“Nyukasl”ga qarshi o‘yin oldidan Ruben Dias, Manuel Akanji, Natan Ake safdan chiqqani bois, himoyada o‘ynash Husanovning chekiga tushdi. Unda haqiqatan ham biz kutgan salohiyat borligi biz uchun ham, o‘yinchining o‘zi uchun ham foyda.

Abduqodir sovuqqon va tezkor futbolchi. “Nyukasl” bilan o‘yinda raqib hujumchisi Aleksander Isaakka etib olgan vaziyatda qanchalar tez yugurishini ko‘rdik. Endi u tez qaror qabul qilish qobiliyatini yaxshilashi talab etiladi, bu yosh bilan bog‘liq masala.

Eng asosiysi esa, Husanov jamoaga yaxshi o‘rnashib oldi, u juda kamtarin va kamgap futbolchi. Men uning bizga yordam bera olishiga ishonaman.  Husanov, Niko Gonsales, Vitor Reys hali juda yosh va “Manchester Siti” yaqin yillarda ularning o‘yinini rivojlantirib, o‘zi ham musobaqalarda yaxshi ishtirok eta boshlaydi, - dedi Xosep Gvardiola.

Demak, “Manchester Siti” murabbiylar shtabining Abduqodir Husanovga ishonchi baland. O‘z o‘rnida, Xosep Gvardiola hamyurtimizni “Real”ga qarshi o‘ynatish ehtimoli katta. Chunki jamoaning himoya chizig‘da muammolar hali to‘liq bartaraf etilmagan.

Ta’kidlash joizki, Xosep Gvardiola 2016 yildan beri jamoani boshqarib kelmoqda. Bu klub tarixidagi eng samarali davr. Xususan, “shaharliklar” ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida olti marotaba Angliya chempioni bo‘ldi.

“Manchester Siti” so‘nggi to‘rt yildan ketma-ket birinchi o‘rinni egalladi va Angliya Premer-ligasi tarixida qatorasiga to‘rt bor chempion bo‘lgan yagona jamoaga aylandi.

Joriy mavsumning birinchi qismida jamoa o‘yinida jiddiy inqiroz kuzatildi. Xosep Gvardiola bu muammolar echimini tarkibni qayta tuzishda, deb topdi. Ana shu maqsadda, manchesterliklar yanvar oyidan boshlab, jamoaga yosh va iqtidorli o‘yinchilarni olib kela boshladi. Birinchi bo‘lib, Abduqodir Husanov transferi hal etildi. Qisqa fursatda Vitor Reys, Umar Marmush va Niko Gonsales olib kelindi.

“Manchester Siti” yozda yangilanishlarni davom ettiradi. Xosep Gvardiola bir necha yoshi katta o‘yinchilarga javob berib, ularning o‘rniga yosh, tezkor, baquvvat yangi avlod ijrochilarini olib kelishni, ular yordamida kelasi mavsum yana nufuzli sovrinlar uchun kurashishni maqsad qilgan.

Vinisius endi Husanovdan qocholmaydi!

Husanov jahon darajasidagi zo‘r hujumchini “sindirdi”!

Shomurodovga hazil qilgan Raneri nima dedi?

G‘alabaga hissa qo‘shgan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Мурат
18/02/2025 20:04
Бошланиши яман булган ишнинг сунгни базар булади Абдукодирда хам чундай буляпти унга буладиган уйинларда омад яр булсин