Gvardiola o‘ziga qaysi futbolchi kerakligini aytdi

  • 11 may, 2021, 14:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoadan ketishi kutilayotgan Fernandinoning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topdi.

Tecno

Gap shundaki, “shaharliklar” Fernandinoni jamoada qolishini istamoqda. Biroq, braziliyalik yarim himoyachi mavsum yakunlanishi bilan yurtiga qaytib ketmoqchi. Shu bois, u yangi shartnomani qabul qilmayapti.  

Agar vaziyat o‘zgarmasa, Gvardiola uning o‘rniga “Vest Xem” etakchisi Deklan Raysni olib kelishni istamoqda. Ispaniyalik murabbiy Deklan Rays keyin 5-10 yilda jamoa etakchisiga aylanishiga ishonch bildiryapti.

22 yoshli angliyalik yarim himoyachi joriy mavsumda premer-ligada 29 ta uchrashuv maydonga tushib, ikkita golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!