Gvardiola "Oltin to‘p" sohibi o‘rniga undan zo‘rini topib qo‘ydi

  • 21 oktabr, 10:54
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

2024 yilgi “Oltin to‘p” sohibi Rodri Ernandes “Manchester Siti” uchun qanchalik muhim ahamiyatga ega bo‘lmasin, uning klub tarkibidagi kelajagi hamon mavsum bo‘lib turibdi.

Tecno

“Shaharliklar” 29 yoshli ispan futbolchisi bilan 2027 yilning yozida tugaydigan shartnomani uzaytirishni rejalashtirgan. Biroq Rodriga “Real” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Xosep Gvardiola hozirdan uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi topib qo‘ydi.  Fichajes nashrining yozishicha, bosh murabbiy “Kristal Pelas” tayanch yarim himoyachisi Adam Uortonni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi.

Gvardiolaning fikricha, Uorton Rodriga ideal o‘rinbosar bo‘la oladi.

Transferlar bo‘yicha ekspertlar “shaharliklar”ga Adam Uortonni olish oson bo‘lmasligini ta’kidladi. 21 yoshli yarim himoyachiga Evropaning bir necha grand klublari, xususan, “Siti”ning ashaddiy raqibi “Manchester Yunayted” ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!